Birgalikda iste’mol qilish foydali bo‘lgan mahsulotlar
Suli yormasi va apelsin sharbati – fenol moddasiga boy. Bu mahsulotlar tanovul qilingach, ovqat hazm qilish jarayoni yaxshilanadi va organizmdan ortiqcha xiltlarning chiqib ketishiga zamin hozirlaydi.\
Olma va qora shokolad. Bu mahsulotlarni birgalikda tanovul qilish immunitetni faollashtiradi, miyaning yaxshi ishlashiga, yurak faolyatining bir me’yorda ishlashiga sabab bo‘ladi. Hamda turli o‘sma kasalliklarining vujudga kelishi oldi olinadi.
Pomidor va jigar. Organizmda temir yetishmovchiligi, surunkali charchash, ovqat hazm bo‘lishidagi muammolar, yurak hamda mushak bilan bog‘liq xastaliklarda o‘zining ijobiy samarasini beradi. Temir moddasi jigar tarkibida mo‘l bo‘lib, u organizmga osonlikcha singadi, pomidor tarkibi esa askorbin kislotasiga boy sanaladi.
Sabzavotlar va yogurt. Tarkibida bo‘yoq, konservant va shakar mavjud bo‘lmagan yogurt tanlang. Uning trkibi kalsiyga boy bo‘lib ovqat hazm qilish qaoliyatini yaxshilaydi, ichaklardagi mikroflorani normallashtiradi. Yogurtga qo‘shilgan sabzi yoki selderey uning vitaminlarga yanada boy qiladi. Sabzavotlar tarkibi kletchatkalarga boy, u esa kalsiyningorganizmga osonlik bilan singishiga yordam beradi.
Petrushka va limon. Petrushka itrus mevalar bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi. ko‘ktlar tarkibi temir moddasiga boy. Bu vitamin immunitetni mustahkamlashga va ovqat hazm qilish faoliyatiga samarali ta’sir etadi.
Go‘sht va rozmarin. Go‘sht oqsil moddasining manbai sanaladi. Muhim masala esa, go‘shtning qanday qilib tayyorlanishiga ham bog‘liqdir. . diyetologlarning ta’kidlashicha qaynatilgan va dimlangan go‘sht eng foydali sanaladi. Go‘shtni rozmarin vositasida marinadlash juda foydali sanaladi. Rozmarin tarkibi antioksidantlarga boy.
Xurshida HUSENOVA