Qo‘ziqorin salati
Zarur masalliqlar: 200 gr tovuq go‘shti, 600-700 gr shampinon qo‘ziqorini, 6 dona qaynatilgan tuxum, 2-3 dona o‘rta hajmdagi piyoz, 2-3 dona kichik sabzi, 100 gr qattiq pishloq, mayonez, ziravor va ko‘katlar.
Tayyorlanishi: qo‘ziqorin piyoz bilan birgalikda qovurib olinadi. Qaynatilgan tovuq go‘shti va tuxum sarig‘i to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi hamda mayonez va ta’bga ko‘ra tuz bilan yaxshilab aralashtiriladi. Likopchaga masalliqlardan qo‘ziqorin shakli yasab olinadi. Yasalgan qo‘ziqorin bandi ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan tuxum oqi, uning qalpoq qismi ustidan esa kichik qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi orqali bezab chiqiladi. Qalpoqchaning pastki qismi esa qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!
XurshidaBONU