Tovuq go‘shtidan mazali salat
Zarur masalliqlar: 400 gr dudlangan tovuq go‘shti, 300 gr qattiq pishloq, 300 gr danaksiz qora uzum, 3 dona qaynatilgan tuxum, mayonez va petrushka.
Tayyorlanishi: qaynatilgan tuxumning oq va sariq qismi alohida qilib qirg‘ichdan chiqarib olinadi. Qattiq pishloq ham xuddi shunday, mayda qirg‘idan o‘tkaziladi. Tovuq go‘shti kichik to‘rtburchak shaklida to‘g‘raladi hamda salat quyidagi tartibda terib chiqiladi:
Tuxum oqi, tovuq go‘shti, tovuq sarig‘i, pishloq. Ularning har bir qavatiga mayonez surib chiqiladi. Tayyor bo‘lgan salat usti uzum hamda petrushka bilan bezatiladi.
XurshidaBONU