Yangi plastir qand miqdorini nazorat qiladi

Bingemton universiteti (AQSH) tadqiqotchilari qon tarkibidagi qand miqdorini nazorat qiluvchi noyob qurilma yaratishdi.

U qondagi qand miqdorining o‘zgarishiga qarab, o‘z rangini o‘zgartiruvchi indikatorli qog‘oz plastirdir. E’tiborlisi, u qonni emas, balki tanadan ajralayotgan terni biokimyoviy tahlil qiladi.

Ushbu kichik plastir tashqi quvvatsiz ishlaydi. Ya’ni, qog‘ozli plastirga fermentli katalizatorli juda kichik quvvatlanish elementi joylashtirilgan. Unda glyukoza kislorod bilan o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Element teriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yopishadi va ajralayotgan terni o‘ziga shimib oladi. Ushbu reaksiya natijasida biokimyoviy energiya elektr energiyasiga aylanadi. Shunday qilib, tashqi quvvat manbasiga ehtiyoj qolmaydi.

Ma’lumki, qondagi qand miqdorini aniqlash bo‘yicha hozircha mavjud usullar igna sanchish, qon olish orqali amalga oshirilgan. Bu esa bemor uchun bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

Yana o‘qing:  Tennis malikalari yurtimizda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: