Smartfon uchun cho‘ntak printeri
“Pocket Prynt” deb nomlanuvchi smartfonlar uchun ishlab chiqarilgan printer so‘nggi ikki yil davomida takomillashtirildi.
Bugun ushbu qurilmani iPhone rusumidagi apparatlarning ko‘plab modellarida ishlatish mumkin. Buning uchun maxsus ilova dasturi o‘rnatilishi kifoya.
Printer smartfonga oson o‘rnatiladi va undan shunday ajratib olinadi. Chop etish uchun 2x3 dyumli Zink-brand rusumidagi fotoqog‘oz va bir necha daqiqa talab etiladi. Fotoqog‘oz printerning orqa tarafidan joylashtiriladi. Qog‘ozga tushirilgan suratning sifati ham chakki emas.
Qurilma mustahkam ishlangan bo‘lib, uni cho‘ntakda, sumkada, xohlasangiz smartfonga ulangan holda ham olib yurish mumkin. Biroq, u ham boshqa barcha printerlar singari qog‘ozni “chaynashi” mumkin.