Tennis malikalari yurtimizda
Poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifiga kiruvchi “Toshkent open – 2017” xalqaro turniri boshlandi.
O‘n to‘qqizinchi marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda 20 dan ziyod davlatdan 100 dan ortiq raketka ustasi qatnashmoqda.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslari birinchi davrasida hamyurtlarimizdan Nigina Abduraimova yaponiyalik Nara Kurumi bilan bellashdi. Sabina Sharipova esa shveysariyalik Shtefani Fyogelega qarshi kortga chiqdi. Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ukrainalik Katarina Kozlovani sinovdan o‘tkazdi.
Qizlarimiz ushbu turnirda juftlik bahslarida ham ishtirok etmoqdalar. Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodovadan tashkil topgan juftlik bugun Bogdan/Fyogele juftligiga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 29 daqiqa davom etgan o‘yinda tennischilarimiz 6: 3,5: 7,6: 10 hisoblarida mag‘lubiyatga uchradilar.
T. ORTIQOVA