“Toshkent open – 2017”: tennischilarimiz mag‘lubiyat bilan boshlashdi

Poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifiga kiruvchi “Toshkent open – 2017” xalqaro turniri boshlandi. O‘n to‘qqizinchi marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda yigirmadan ziyod davlatdan yuzdan ortiq raketka ustasi qatnashmoqda.

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tkazilayotgan turnirning yakkaliklar o‘rtasidagi birinchi davrasida hamyurtlarimizdan Nigina Abduraimova yaponiyalik Nara Kurumi bilan bahslashadi. Sabina Sharipova esa shveysariyalik Shtefani Fyogelega qarshi kortga chiqadi. Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ukrainalik Katarina Kozlovani snovdan o‘tkazadi.

Qizlarimiz ushbu turnirda juftlik bahslarida ham ishtirok etmoqdalar.

Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodovadan tashkil topgan juftlik bugun Bogdan/Fyogele juftligiga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 29 daqiqa davom etgan o‘yinda tennischilarimiz 6:3, 5:7, 6:10 hisoblarida mag‘lubiyatga uchradilar.

Eslatib o‘tamiz, ular bugun shuningdek yakkalik bahslarida ham mag‘lubiyatga uchragandilar.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  VELOSIPEDCHILAR ShIKASTDAN XOLI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: