Oila va nikoh

O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi qoshidagi «Faol ayollar» davrasining «Oila va nikoh» mavzuiga bag‘ishlangan seminari bo‘lib o‘tdi.

Nazariya bilan amaliyot uyg‘unlashgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibasi, tarix fanlari nomzodi Muborak Yunusxo‘jayeva tavalludining sakson yilligi nishonlandi va serqirra, sermazmun, ibratomuz hayot yo‘li yoritib berildi. Olimaning hayot va ijodiga bag‘ishlab chop qilingan «El ardog‘idagi ayol» kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi raisi, akademik Saidahror G‘ulomov ochib, oila va nikoh o‘zbek xalqining muqaddas hisoblangan qadriyatlaridan biri ekanligi xususida to‘xtalib o‘tdi.

Seminarda kengashning «Faol ayollar» davrasi rahbari Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati Munira Qoriyeva, kengash mas’ul kotibi Muqima Abdullayeva, professor Ra’no Tolipova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova va boshqalar so‘zga chiqishdi.

J.SA’DULLAYEV

Yana o‘qing:  O‘rganish, o‘rgatish va baholash

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: