Oromgohlarda bolalar chet tilini o‘rganadi

Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan yozgi ta’til davrida faoliyat ko‘rsatadigan barcha turdagi oromgohlarda chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi.

Mazkur qarorga ko‘ra 790 ta ta’lim muassasalarining qoshida tashkil etiladigan kunduzgi oromgohlarda chet tili to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishga oromgoh tashkil etiladigan ta’lim muassasalari va unga yondosh bo‘lgan maktablarning chet tili o‘qituvchilarini, statsionar oromgohlarda esa oliy o‘quv yurtlari chet tili fakultetlarining ko‘ngilli talabalarini jalb etishdi.

Shu maqsadda 210 ta statsionar oromgohlarda chet tili to‘garaklarini olib borish uchun oliy ta’lim muassasalaridan 212 nafar talabalarning ro‘yxati tuzilib, oromgohlarga biriktirildi.

Oromgohlarda olib boriladigan chet tili mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi o‘quvchilarning maktabda olgan bilimlarini kommunikatsion suhbatlar, uchrashuvlar, turli tadbir va topshiriqlarni bajarish asosida mustahkamlashdan iborat.

Ta’kidlash joizki, bu yil oromgohlar, asosan, to‘rt yo‘nalishda, xususan, respublikamizning Kattaqo‘rg‘on, Zomin, Farg‘ona tumanlarida «Ekologik-biologik, o‘lkashunoslik oromgohlari», Payariq tumani va Qo‘qon shahrida «Texnik ijodkorlik oromgohlari» hamda yana bir qator maskanlarda ijtimoiy moslashuv oromgohlari sifatida o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan hamkorlikda ekologik vaziyat murakkab bo‘lgan hududlar jumladan, Orolbo‘yi mintaqasi bolalarining mazmunli hordiq chiqarishini tashkil etish borasida ham muayyan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur dam olish go‘shalarida ham bolalar uchun maxsus chet tili yo‘nalishidagi to‘garaklar tuzilib, bu to‘garaklarda o‘quvchilar xorijiy tillar bo‘yicha o‘z bilimlarini boyitmoqda.

Shuningdek, respublika miqyosida o‘tkazilgan «Bilimlar bellashuvi»da yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga uzluksiz ta’lim berish, ularni xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida 15 ta «Yozgi intellektual oromgoh» ham mavsumga hozirlab qo‘yildi. Ushbu maskanlarda olimlar, yozuvchi va shoirlar ishtirokida kechalar, seminar-treninglar va mahorat saboqlari uyushtirish rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  Vatan ichra kichik vatan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: