Ashxobod-2017: 13 ta medal bilan 2-o‘rindamiz

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha musobaqaning ilk kunida eng katta delegatsiya bilan ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar jami 13 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shulardan 2 tasi oltin medallardir.

Terma jamoamizga oltin medallarni kurashchilarimiz Obidali Mavlonov hamda Ilhomjon Mashrapovlar taqdim etishdi. Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Musobaqaning tennis bahslari doirasidagi turnirda hamyurtimiz ishtirokidagi bahs yakuniga yetdi. Xotin-qiz tennischilar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida iste’dodli tennischimiz Arina Fols kortga chiqdi. Hamyurtimizning raqibasi indoneziyalik Aldila Sudjiyadi bo‘ldi. Ikki set davom etgan bahsda Fols 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va o‘z ishtirokini muddatidan ancha avval yakunladi.

Musobaqa mezboni Turkmaniston terma jamoasi ilk kungi bahslarda 16 ta, 14 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Kuchli uchlikka Tailand terma jamoasi yakun yasagan. Tailandliklarda ham ikki nafar chempion bor.

N.NORBOBOYEV

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: