Tamaddi qilish istagi boshqa odamlar tufayli paydo bo‘ladi

Tasmaniya universiteti olimlari o‘tkazgan yangi tadqiqotda 61 kishi qatnashdi. Ko‘ngillilar qator testlardan o‘tkazildi, shu bilan birga ular sog‘lom ovqatlanish haqidagi savollarga javob berishdi. Ular ovqatlanishning barcha usullarini qayd etdi, deb yozadi The Daily Mail nashri.

Ishtirokchilardan ularni tamaddi qilishga undaydigan barcha omillarni yozish so‘raldi. Ushbu omillar o‘rganib chiqildi. Tadqiqotchilar ikki hafta davomida ularning kuniga taxminan 1,5 martadan tamaddi qilganini aniqladi. Psixologik fazilatlardan ko‘ra situatsion omillar tamaddi qilish istagiga kuchliroq ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi.

Atrofda boshqa odamlarning tamaddi qilishayotganini ko‘rganda, ishtirokchilarda ham shunday xohish paydo bo‘ldi, deb ta’kidlaydi mutaxassislar. Ular yuqoridagilardan kelib chiqib, qatnashchilarni tamaddi qilishga boshqa odamlar majbur qildi, degan xulosaga keldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  XXI asrning yangi epidemiyasi: telefonga qaramlik bolalarning salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: