Havodan ham ovqat ajratib olish mumkin
Finlyandiyaning Lappeenrant universiteti olimlari buning uchun ajoyib uskuna yaratishdi. Uning yordamida havodan ovqat komponentlari ajratib olinib, taomga aylantiriladi.
Uskuna bioreaktor deb atalib, havodagi zaharli gazlarni yutib, ulardan mikroorganizmlar ishlab chiqaradi. Keyin esa yig‘ilgan mikroorganizmlar tok ta’siriga tushadi. Natija shunday bo‘ladiki, halok bo‘lgan bakteriyalardan oqsil va shakar molekulalari ajralib chiqadi. So‘nggi operatsiya molekulalarni qurish pallasiga kiritadi. Qurigan molekulalar esa turli shakldagi foydali moddalardan iborat taomga aylanadi.
To‘g‘ri, hozircha uskuna juda kam miqdorda molekula tayyorlash imkoniga ega. Ammo olimlar yaqin kelajakda bioreaktorning katta hajmdagi yangi avlodini yaratishga bel bog‘lashgan. Ana shunda odamzod oziq-ovqat taqchilligi muammosiga duch kelmasligi tayin.