Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga a’zolik guvohnomasi topshirildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Bugun 15 sentyabr kuni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan ham Do‘rmon ijod uyida eng ulug‘, eng aziz bayramimizga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda davlat va jamoat idoralari rahbarlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari – atoqli shoir, yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunoslar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Muhammad Ali so‘zga chiqdi. U Prezidentimiz tomonidan adabiyotga, ijod ahliga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida gapirdi. Shuningdek, rais mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlangan ijodkorlarni qutladi.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Vatan uchun yashaylik” tanlovining bu yilgi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Qolaversa, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilingan ijodkorlarga a’zolik guvohnomasi ham topshirildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari Mirpo‘lat Mirzo, Farida Afro‘z, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nargiza Asadova so‘zga chiqishdi va o‘z ijod namunalaridan o‘qidi.

Dilbar kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Bu yil O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasiga qabul qilinganlar ro‘yxati:

  1. Abdulla AYIZOV
  2. Faxriddin HAYIT
  3. Abdusattor JUMANAZAR
  4. Nargiza ASADOVA
  5. Gulbahor Said G‘ANI
  6. Abdurasul JUMAQUL
  7. Mahmud ABDULLAYEV
  8. Po‘lat AYTMUROD
  9. Bisenboy BEKMUROTOV
Yana o‘qing:  Yurt timsoli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: