Kursantlar qasamyod qabul qilishdi

Yong‘in xavfsizligi institutida birinchi bosqich kursantlarining tantanali Qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi Yong‘in xavfsizligi institutiga aylantirildi. Bu yil qabul qilingan kursantlar muassasaning birinchi qaldirg‘ochlariga aylanishadi.

Tadbirda ichki ishlar idoralari xodimlari, muassasa rahbariyati, ota-onalar so‘zga chiqib, qasamyod qabul qilgan kursantlarni hayotlaridagi unutilmas voqea bilan qutladi. Mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritishdi. Jonajon Vatanimizga munosib xizmat qilishga, ularga bildirilgan ishonchni oqlashga, mustaqil diyorimizni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlashdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar Ichki ishlar vazirligi va Yong‘in xavfsizligi instituti rahbariyatiga, ta’lim tarbiya berayotgan professor-o‘qituvchilariga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

Farhodjon XOJAYEV,

Bobirjon TURDIALIYEV,

Yong‘in xavfsizligi instituti xodimlari

Yana o‘qing:  DUNYo ONKOLOGLARI YURTIMIZDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: