Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasida chiqish qiladi

12 sentyabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assam­bleyasining 72-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Anjuman doirasida umumiy majlis va umum­yalpi siyosiy muhokamalar o‘tkaziladi.

Bosh Assambleyaning oliy siyosiy muzokaralari 19-25 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 19 sentyabr kuni BMT bosh kotibi, AQSH, Armaniston, Afg‘onis­ton, Braziliya, Isroil, Polsha, Fransiya prezidentlari qatorida O‘zbekiston rahbari ­Shavkat Mirziyoev ham nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

Muzokaralarning eng dolzarb mavzusi dunyo aholisi uchun munosib hayot yaratish ­hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoev o‘z nutqida Afg‘onistondagi vaziyat, narkotrafik masalalari, yadro qurolini tarqatmaslik, Markaziy Osiyo va dunyodagi ekologik muammolarni tilga olishi kutilmoqda.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: