Olimlar ko‘rish qobiliyatini yuqori darajada yaxshilash yo‘lini topdi
Ocumetics Technology Corporation kompaniyasi noyob sun’iy ko‘z gavharini sinovdan o‘tkazdi. Kompaniya xodimlarining so‘zlariga qaraganda, ushbu ko‘z gavhari murakkab bo‘lmagan operatsiya yordamida bemorga o‘rnatiladi. Natijada bemorning ko‘rish qobiliyati 100 foizga tiklanadi. Uning noyob jihati – o‘zini o‘zi boshqara oladi.
Sun’iy ko‘z gavhari turli masofadagi narsalarni yuqori tiniqlikda (o‘ttiz metrdagi predmetni kichik qismlarigacha) ko‘rish imkonini beradi. Uning yana bir afzal tomonlaridan biri – ko‘zni tez charchatmaydi. U egiluvchan xususiyatga ega bo‘lgani uchun tarkibiga takomillashtiruvchi qismlarni ham o‘rnatish mumkin. Olimlar ushbu kashfiyot ko‘z xiraligidan aziyat chekuvchi insonlarga katta yordam berishini ta’kidlamoqda.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.