Ko‘p mehnat qilish o‘z ishini yoqtiradiganlar uchun xavfli emas
Ko‘p mehnat qiluvchilar turli kasalliklarga moyil bo‘ladi degan fikrlar bor. Lekin yangi o‘tkazilgan tadqiqot har doim ham bunday bo‘lavermasligini ko‘rsatdi. O‘z ishini sevadigan odamlar ko‘p mehnat qilishsa ham, bu salbiy oqibatlarga olib kelmaydi. Tadqiqotchilar yirik bir kompaniyada ishlovchi 1277 nafar xodimning ma’lumotlarini tahlil qilishdi.
763 nafar ko‘ngilli ishtirokchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Olimlar qatnashchilarning mehnatkashligi, ish vaqti, sog‘liq holati, xotirjamlik va ishga jalb bo‘lish darajasini baholadi. Diabet va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganildi.
Tadqiqotchilar ish vaqtidan tashqari mehnatlar stess, bosh og‘rig‘i yoki oshqozon faoliyati buzilishiga olib kelmasligini aniqladi. Bu simptomlar diabet va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi. Ko‘p ishlash ham ushbu simptomlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Lekin bu holat o‘z ishini yoqtirmaydigan va berilib ishlamaydigan xodimlarda kuzatildi. Ishga yurakdan yondashadigan odamlarda esa xavf ko‘rsatkichi ortmadi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.