O‘zbek milliy taomlari jahonda juda qadrlanadi

– O‘zbekistonga kelganimga uch kun bo‘ldi. Bugun “O‘zbegim” milliy festivalida ishtirok etayotganimdan nihoyatda xursandman, – deydi vengriyalik sayyoh Jorj Algeleeni. – Ushbu festivalda urf-odatlaringiz, milliy taomlaringiz, ashula va kuy-qo‘shiqlaringiz menda katta taassurot qoldirdi. O‘zbek milliy taomlari jahonda juda qadrlanadi. Ayniqsa, palovni xush ko‘ruvchilar ko‘p. Bugun Toshkentda tayyorlanayotgan osh albatta, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiladi, deb o‘ylayman.

interviyu 01

Atlas, adras singari milliy matolarda rang-barang naqshlarda milliy an’analar mohirlik bilan tasvirlanibdi. Xalqingiz hunarmandlari hashamdor milliy liboslar to‘plamini yaratishga juda usta ekan. Ularda milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan sharqona nazokatni ko‘rdim. Atlas, adras, beqasam singari milliy matolardan tikilgan bu liboslar har qanday kishining havasini keltiradi. Go‘zal va rang-barang liboslarni ko‘rib, qo‘li gul chevar qizlaringizning mahoratiga qoyil qoldim.

Ipak dasturxonda yurtingizda yetishtirilgan sarxil mevalar, oftobsimon shirmoy non, paxta gulli piyolada choy ichayotgan, egnida beqasam to‘n, qalampirnusxa do‘ppi kiygan o‘zbeklarni ko‘rib sizning tarixingiz ko‘z oldimda gavdalandi. Ustaning qalb qo‘ri, mehri bilan yasalgan bu buyumlar – o‘zbek xalqining milliy merosi deyish o‘rinlidir.

“Soglom.uz” muxbiri

Xurshida HUSENOVA

yozib oldi.

Yana o‘qing:  “O‘zbekiston – bolalar nigohida” sahifasi va “Mening muassasam – mening oilam” loyihasi yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: