Hamisha bedor va sergak shifokorlar

Surxondaryo viloyati Denov tumani Tibbiyot birlashmasi Prenatal markazi akusher — ginekologi Ravil Jabborovni butun denovliklar juda yaxshi tanishadi va u haqida doimo iliq gaplar aytishadi. Chunki, bu inson o‘z kasbi ortidan ko‘plab xonadonlarga quvonch ulashgan. Oilalarning to‘kis baxtli bo‘lishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan R.Jabborov 1984 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot institutini davolash fakultetini tugatgan.

Ravil Jabborov birinchi ish faoliyatini 1985-1986 yillarda Denov tuman Markaziy kasalxonasi tug‘ruq bo‘limida akusher-ginekolog vazifasida ish boshlagan. 1987-1994 yillarda esa Denov tuman Sh.Qobilov nomidagi tug‘ruqxonasida vrach-ordinator bo‘lib ishlagan bo‘lsa, 1994-2012 yillarda ginekologiya bo‘limida akusher-ginekolog vazifasida faoliyat olib borgan.

Mehnat faoliyati davomida Ravil Jabborov doimo o‘rganish va izlanishda bo‘ldi, malaka oshirib bordi. Hech qachon bilganlari bilan chegaralanib qolmadi. Shu bois bo‘lsa kerak, u kishini tanigan va bilaganlar o‘z kasbining haqiqiy fidoyisi deyishadi.

Hozirda u o‘z ish faoliyatida o‘ta talabchan, izlanuvchan va hamisha yangilikka intilib yashaydi. O‘z nav­batida shogirdlarida ham ana shu fazilatlarni shakllantirishga harakat qilmoqda.

Hozirda R.Jabborov Denov tuman akusherlik kompleksida bosh shifokor muovini vazifasida ishlamoqda.

Shifokorlar inson salomatligi uchun tunni tongga ulab, vaqt bilan hisoblashmay harakat qilishadi. Chunki, bemor tanasiga xastalik istalgan paytda kelishi mumkin. Shu ma’noda shifokor o‘z kasbi taqozosiga ko‘ra hamisha bedor va sergak bo‘lishi kerak. Biz bunday insonlarni fidoyi deymiz.

* * *

Denov tumanida joylashgan akusherlik kompleksida yana chaqaloq dunyoga keldi. Go‘dakning dunyoni tutguvchi «inga»lashi yangi mehmonni intiqlik bilan kutayotgan xonadonga bir olam quvonch tortiq etdi.

Tug‘ruq kompleksida ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan Maqsad Hamroyevaning har kunlik ish faoliyati ana shunday xayrli va quvonchli kechadi.

Maqsad Hamroyeva shifokorlik kasbiga bolaligidan mehr qo‘yib, ana shu qiziqishi uni Termiz Tibbiyot bilim yurtiga o‘qishga kirishiga turtki bo‘ldi.

1987 yil bilim yurtini tamomlab, birinchi ish faoliyatini doyalikdan boshlagan shifokor keyinchalik, Denov tuman Markaziy kasalxonasi tug‘ruq bo‘limida navbatchi doya, so‘ng shu bo‘limda katta doya va uzoq yillik tajribasi tufayli 2001 yildan u Denov tuman tug‘ruq bo‘limida katta hamshira vazifasida ishlamoqda.

Yana o‘qing:  Farovon kunlar shukronasi

Maqsad Hamroyeva mana shu sohada 30 yildan ortiq ishlab kelayotgan bo‘lsa, shu yillar davomida o‘zining uch nafar farzandini voyaga yetkazib, ularning ilm olishlarida kamarbasta bo‘lgan bo‘lsa, shuning bilan birga ko‘plab go‘daklarning ham ikkinchi onasi bo‘lib qolgan.

Tug‘ruqxona – chillaxona deyishadi. Ana shunday muqaddas dargohda ko‘p yillardan beri faoliyat olib borayotgan ayollarning faoliyatiga chin dildan havas qilsa arziydi. Zero, ular ko‘magida xonadonlarimizda chaqaloqlarning «inga» degan ovoz eshitiladi.

C.MO‘MINOV,

Surxondaryo viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: