Hayot kuzatuvlaridan qaydlar

Ota-bobolaru ona-momolarning keksayib kuchdan qolishi insonga tushkunlik bag‘ishlasa, farzandu nabiralarning ulg‘ayishi kuch-quvvat baxsh etadi.

* * *

Yoshlik, talabalar shaharchasi va talabalar uyidagi ilm o‘rganish, hayotda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishlar umrimizning betakror damlaridir.

* * *

Yomon odamning hamma bolasi ham nodonu yomon bo‘lavermaydi.

* * *

Turli muammolar uchun ortiqcha va uzluksiz iztirob chekish aqllilik alomati emas.

* * *

Yomonlar bir umr yaxshilarning hurmati va obro‘yiga hasad qilib yashaydilar.

* * *

Olimu fozillar o‘z e’tiroz va tanbehlarini ham mayinlik, xushmuomalalik bilan bildiradilar.

* * *

O‘zining xatosi bilan yo‘lini yo‘qotganlarning aksariyati boshqalardan nolib yuradi.

* * *

Yaxshi odamlar quyoshga o‘xshaydi, quyosh barchaga baravar nur sochgani kabi yaxshilikdan ham barcha teng bahramand bo‘ladi.

* * *

Insonlar orasida yomon odamlarning bo‘lishi bog‘u gulzorda mayda yovvoyi o‘tlarning borligiga o‘xshaydi.

* * *

Har joyda har kimga maslahat berishga intiluvchilarning o‘zi tarbiyaga muhtojdir.

Abdishukur OMONOV

Yana o‘qing:  10-sinf uchun 12 ta fandan yangi darsliklar tayyorlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: