Pekinda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakolatxonasi ochildi

Xitoydagi O‘zbekiston elchixonasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev Xitoyda tahsil olayotgan va mehnat faoliyatini yuritayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida Xitoydagi 2 ming 700 nafardan ortiq yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, qolaversa, o‘zbekistonlik yoshlarni mamlakatdagi yoshlar siyosatiga oid yangiliklardan boxabar qilish maqsadida “Axborot yetkazish markazi” tashkil etilishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, Pekinda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakolatxonasi ochildi. Keyinchalik xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan va ishlayotgan yoshlarimizning manfaatlarini himoya qilish maqsadida boshqa rivojlangan davlatlarda ham boshlang‘ich tashkilotlar tuzilishi ko‘zda tutilgan.

Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Yana o‘qing:  Jarrohlik amaliyotida xorij tajribasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: