“Kamalak jilosi”ning chaqnoq yulduzlari

Toshkent Fotosuratlar uyida mamlakatimizdagi “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida an’anaviy o‘tkazilayotgan “Kamalak jilosi” bolalar rasmlari ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Badiiy akademiya, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda keng jamoatchilik vakillari, musavvirlar, san’atshunoslar, o‘qituvchilar, jurnalistlar va “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida namoyish etilayotgan ikki yuzga yaqin tasviriy va amaliy san’at namunalarida aks ettirilgan borliq, tabiat, fasllar jozibasi, obod va farovon hayotimizning tasvirlardagi talqini katta-yu kichikni befarq qoldirmaydi. “Kamalak jilosi” bolalar rasmlari ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi qatnashchilari taqdim etgan bu tasvir va amaliy san’at asarlari chindan ham o‘ziga xos va betakrorligi bilan ajralib turadi.

Tanlovda tasviriy san’at yo‘nalishida 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida Toshkent shahridagi 23-”Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchisi Xurshid Sharipov, 11-16 yoshli qatnashchilar guruhida esa Toshkent shahridagi 30-”Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchisi Roman Bloxin birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Amaliy san’at yo‘nalishida 4-10 yoshli ishtirokchilar o‘rtasida Toshkent shahridagi 30-”Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchisi Andrey Karpushin, 11-16 yoshli qatnashchilar guruhida Jizzax viloyatidagi 29-”Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchisi Zoya Kuznetsova birinchi o‘ringa loyiq, deb topildi.

G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bolajonlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  10-sinf uchun 12 ta fandan yangi darsliklar tayyorlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: