Jismoniy mashqlar ayollarga yangi ma’lumotlarni eslab qolishda yordam beradi
Jismoniy faollikning foydali jihatlari ko‘pligi ma’lum. Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari jismoniy mashqlar ayollarning xotirasi uchun foydali ekanini ham aniqladi, deb xabar beradi Zee News nashri.
O‘tkazilgan to‘rtta tadqiqotda 265 nafar ko‘ngilli qatnashdi. Ulardan uchtasida ishtirokchilar surat bilan mos bo‘lgan ismlarni eslab qoldi. Shundan so‘ng ular 5 daqiqa davomida past tezlikdagi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullandi.
Tadqiqotdan so‘ng, mashg‘ulotda qatnashgan ayollar olingan ma’lumotlarni mashq bajarmaganlardan ko‘ra yaxshiroq eslab qolishgani ma’lum bo‘ldi. Jismoniy mashg‘ulot erkaklarning xotirasiga esa ta’sir ko‘rsatmadi. Olimlar hozircha buning sababini aniqlay olgani yo‘q.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.