Nok mevasi ovqat hazm qilinishini yaxshilaydi
- Olimlar nok yaqin uch ming yillar oldin qadimgi Yunonistonda madaniylashtirilgan deb hisoblashadi.
- Eng ko‘p nok yetishtiradigan mamlakat – Xitoy.
- Nokning o‘rtacha 80 foizini suv tashkil qiladi.
- Eng yirik nok Yaponiyada yetishtirilgan. Uning og‘irligi uch kilogrammga yaqin bo‘lgan.
- Nok mevasidan qoqi, qiyom, sharbat, murabbo tayyorlasa bo‘ladi.
- Nok tarkibida organik kislotalar, shakar, oshlovchi moddalar, kletchatka, A provitamini, V, S vitaminlari va azot moddalari mavjud.
- Nok tarkibidagi pektin moddasi organizmdan zaharli moddalarni haydab chiqaradi. Bu meva stress va depressiyaga qarshi kurashish, me’da-ichak tizimini mikroblardan himoya qilish, ovqat hazm qilinishini yaxshilash xususiyatlariga ham ega. Bundan tashqari, nok surunkali buyrak kasalliklarini davolashda, tomirlarni mustahkamlashda va kayfiyatni yaxshilashda samarali foyda beradi.
- Qandli diabetga yo‘liqqan bemorlarga nok yeyish tavsiya etiladi.
- G‘arbiy yarimsharda nok atigi to‘rt asr oldin tarqala boshlagan.
- 2006 yilda nokning sovuqqa chidamli navi yaratilgan. U Ural bo‘ylari va G‘arbiy Sibir hududlarida o‘stiriladi.
- Dunyo bo‘yicha nokning 5 mingdan ortiq navi bor.
- Nok daraxti 50–300 yilgacha yashashi mumkin.
- Nok ko‘chati ekilgach, 5–6 yilda mevaga kirsa, 20-25 yildan so‘ng to‘liq hosil beradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.