Mutaxassislar fikri: ozish uchun qahva ichishdan tiyilish kerak

Ma’lum bo‘lishicha, qahva odamni totliroq taomlar yeyishga undaydi. Iste’mol qilayotgan ovqatimiz esa qahva tufayli mazasizroq tuyuladi. Kornell universitetida o‘tkazilgan tadqiqot buni isbotladi.

Tadqiqot ishtirokchilari ikki guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh kofeinsiz qahva ichdi, ikkinchi guruh ichgan qahva tarkibida esa 200 milligramm kofein bor edi. Hamma ishtirokchilar qahvani shakar bilan iste’mol qildi. Lekin ikkinchi guruh ishtirokchilariga ichimlikning shirini kamroq tuyuldi.

Shuningdek, tadqiqotchilar qatnashchilarning tetiklik darajasiga ham baho berdi. Bundan tashqari, ulardan qanday qahva (kofeinli yoki kofeinsiz) ichishlari so‘raldi. Tadqiqot natijasida ikkala guruh ishtirokchilari ham qahva ichgandan so‘ng tetiklashgani ma’lum bo‘ldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Jigar uchun foydali mahsulotlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: