Olimlar o‘zi ishlaydigan tish cho‘tkasini ixtiro qilishdi

Ota-onalar farzandlarini kichkinalik paytlaridanoq tishlarini tozalashga o‘rgatib boradi. Tishni xshilab tozalash uchun ikki daqiqadan ortiq e’tibor bilan yuvish talab etiladi. Blizzident kompaniyasi mutaxassislari esa bu qoidaga qarshilik bildirdi. Ular ixtiro qilgan yangi cho‘tka 10 soniya ichida hamma tishlarni tozalay oladi. U tishlarni tartib bo‘yicha tozalaydi, uni qo‘lda ushlab turish ham shart emas.

Cho‘tkadan foydalanish uchun uni og‘izga joylashtirish kifoya, u ishni mustaqil ravishda bajaraveradi. Tish tozalab bo‘lingach, cho‘tka chiqariladi va suvda chayiladi. Uni oyda bir marta quvvatlash yetarli.

Yangi tish cho‘tkasi 14 yoshdan katta odamlarga mo‘ljallangan, kichkina bolalarga to‘g‘ri kelmaydi. Hozir olimlar uning kichkina turlarini yaratish ustida ish olib boryapti. Blizzident kompaniyasi yangi cho‘tkani yaqin vaqt ichida ko‘p miqdorda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  BILASIZMI? (2013-14)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: