Har qanday ishga kirishishda yordam beruvchi qoida
“Besh soniya qoidasi” orqali boshlashga xohishingiz yoki qiziqishingiz yo‘q bo‘lgan ishni ham bajara olishingiz mumkin. Bu qoida beshdan boshlab birgacha sanash va ishga kirishishdan iborat.
Balki bu usul kulgili, befoyda va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigandek ko‘rinishi mumkin. Lekin qoidani amalda qo‘llab ko‘rish bu fikrlarning noto‘g‘ri ekanini isbotlaydi.
“Besh soniya qoidasi”ning samaradorligini ikkita asos orqali tushuntirib bersa bo‘ladi.
- Sanab chiqish va biror faoliyatni bajarish o‘rtasida bog‘liqlik yarating. Birgacha sanab kelganingizda, buni beixtiyor finish chizig‘i sifatida qabul qiling.
- Siz o‘zingizga zid kelmaslikka va va’dangizda turishga harakat qilasiz. Birovga erta turishingizni aytsangiz, bunga amal qilishga urinasiz. Agar siz o‘zingizga beshdan birgacha sanagandan so‘ng darhol ishga kirishishni va’da qilsangiz, bu sizni yetarlicha shijoat bilan ta’minlaydi.
Usulni qo‘llash.
Uyg‘otuvchi soat yordamida uyqudan turish. Uni besh daqiqaga keshiktirish o‘rniga birgacha sanang va ikkilanmasdan o‘rningizdan turing. Aslida “besh daqiqa qoidasi” har qanday sohada asqotishi mumkin. Masalan, uni quyidagi holatlarda qo‘llab ko‘ring:
- Biror-bir loyihani boshlay olmaganingizda. Agar o‘zingizni diplom ishi tayyorlashga unday olmayotgan bo‘lsangiz, birgacha sanab, hujjatni oching va yozishga kirishing;
- Kimgadir qo‘ng‘iroq qilishga qo‘rqsangiz, shunchaki raqamni tering va suhbatni boshlang.
- Vrach qabuliga yozilishga ikkilanayotgan bo‘lsangiz. Sizni qo‘rquv to‘xtatib turadi, lekin ong bu sizning sog‘lig‘ingiz uchun zarurligini ta’kidlaydi.
Bu qoidani o‘zingizga mos ravishda qo‘llashingiz mumkin. U arzimas narsalardan tortib, jiddiy ishlarni bajarishda ham yordam beradi. Muhimi, yo‘lning eng qiyin qismi – bu birinchi qadam ekanini unutmang. Shundan so‘ng siz belgilangan vazifani bajarishdan qo‘rqmaysiz va uni oxiriga yetkazishga qodir bo‘lasiz.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.