Yaqin do‘stlari bor odamlar bezovtalik va depressiyaga kamroq yo‘liqadi

Virjiniya universiteti olimlari 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 169 nafar ishtirokchini 10 yil davomida nazorat qilib bordi. Qatnashchilar har yili do‘stlik va ruhiy salomatlik holati haqidagi savollarga javob berib bordi. Ularning yaqin do‘stlariga ham shunday savollar berildi.

Olimlar do‘stlikning mustahkamligiga baho berdi. Agar do‘stlar bir-biriga o‘zaro mehr qo‘ygan bo‘lsa, bir-birini qo‘llab-quvvatlasa, do‘stlik mustahkamligi yuqori deb hisoblandi. Tekshiruvlar orqali mutaxassislar 15 yoshlarida yaqin do‘stlari bo‘lgan ishtirokchilar 25 yoshga yetganida bezovtalik va depressiyaga kamroq yo‘liqqani hamda o‘zlariga boshqalardan ko‘ra yuqoriroq baho berganini aniqladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bosh aylanishi nimadan darak beradi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: