Loviya markaziy asab tizimi uchun foydali
- Janubiy Amerikaga kelib o‘rnashgan xalqlar 7 ming yillar oldin loviya o‘stirishni boshlagan. Keyinchalik u Qadimgi Misrda, so‘ngra Rimda keng tarqalgan. Miloddan avvalgi III asrga tegishli Xitoy solnomalarida loviya haqida ma’lumotlar bor. Rimlik ayollar uni ovqatga ishlatish bilan birga, kukunidan kosmetik vosita – upa sifatida foydalanganlar.
- O‘rta asrlarda qandaydir sabablarga ko‘ra loviya iste’moldan chiqib ketgan va Buyuk kashfiyotlar davrida Yevropaga qaytadan kirib kelgan. Hozir u hamma joyda yetishtiriladi.
- Loviyaning navlari ko‘p. Yirik oq loviya – o‘zgacha shirin ta’mga ega va eng uzoq qaynatiladigan turi. U deyarli bir yarim soat qaynatiladi, lekin shunda ham o‘z shaklini saqlab qoladi.
- Loviya doni kraxmal, magniy, kalsiy, temir moddalariga boy. U markaziy asab tizimiga ijobiy ta’sir qiladi. Sil kasaliga yo‘liqqan kishilarga loviyali ovqatlar tavsiya etiladi.
- Braziliya oshxonalarida qora loviya ommalashgan. Uning ta’mi achchiq bo‘lishiga qaramasdan, pazandachilikda keng qo‘llaniladi.
- Loviyani qaynatishdan oldin sovuq suvda 6–12 soat ivitib qo‘yish kerak. Shundan keyin 40-60 daqiqa qaynatiladi.
- Loviya kaloriyasi – 298 kkal.
- Oziqlik darajasi: 21 gramm oqsil, 2 gramm yog‘, 47 gramm uglevod.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.