Olimlar jigarni tez tiklash usulini topishdi
Yangi tadqiqotlar jigar ichidagi o‘t yo‘li hujayralari jigarning tiklanish jarayonida ishtirok etishini ko‘rsatdi. Olimlar bu kashfiyot jigar kasalliklariga, jumladan sirrozga nuqta qo‘yish imkonini beradi, deb hisoblashmoqda.
Jigar hujayralari tiklana olishi ma’lum. Lekin tiklanish yetarli darajada tez amalga oshmaydi, bundan tashqari, yangi hujayralar ancha tez qariydi. Shuning uchun olimlar bu borada qo‘shimcha usullarni topishga harakat qildi. Eng yaxshi variant jigarning o‘t yo‘li hujayralari ekanligi aniqlandi.
Jigari zararlangan va hujayralar bo‘linishini ta’minlovchi genlari to‘xtatib qo‘yilgan sichqonlarda sinov-tajriba o‘tkazildi. Bu jigar hujayralarisiz tiklanish holatining modelini yasash imkonini berdi. Natijada, jigar o‘t yo‘li hujayralari hisobiga tiklandi.
Bu hujayralar o‘t yo‘lidan chiqib, zararlangan jigar hujayralari o‘rnini to‘ldiradi. Endilikda olimlar sirroz bilan kasallangan jigarni o‘t yo‘li hujayralarini kiritish orqali tiklash ustida ish olib boryapti.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.