Tuxumli qaynatma sho‘rva
Kerakli masalliqlar: 350 gramm tovuq go‘shti, 60 g sabzi, 60 g piyoz, 2 bog‘ ko‘kat, 1,5 litr suv, 4-5 dona qalampir, 1-2 dona lavr yaprog‘i, 3 shona chinnigul, ta’bga ko‘ra tuz va murch.
Tayyorlanishi:
- Sovuq suvga tovuq go‘shtini solib, o‘rtacha olovga qo‘yiladi.
- Piyoz va sabzidan pir nechta bo‘lak qirqib olinib, piyozning qolgan qismiga chinnigul shonasi suqib chiqiladi.
- Piyoz va sabzi bo‘lagi quruq tova yoki plitada jizg‘anak qilinadi.
- Hamma sabzavotni qozonga solib, sho‘rva qaynashiga yaqin olov paslatiladi va shu holatda 40 daqiqa pishiriladi.
- Vaqti-vaqti bilan sho‘rva yuzasida paydo bo‘lgan ko‘pikni olib turish zarur.
- Sho‘rva pishishiga 10 daqiqa qolganida lavr yaprog‘i va ko‘katlar solinadi. Shundan so‘ng ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shiladi. Bu vaqtgacha tuxum qaynatib olingan bo‘lishi kerak.
- Kosaga o‘rtasidan bo‘lingan tuxumning bir qismi, maydalangan ko‘kat solinib, ustidan qaynoq sho‘rva quyiladi va dasturxonga tortiladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.