Go‘shtsiz parhez organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradi
Yaponiya va AQSH olimlari 30 ta tadqiqot va 19 ta klinik tajribalarning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqdi. Tekshiruvlarda eng kami 4 hafta parhez tutishning natijalari o‘rganildi. Tahlil vegetarianlarda umumiy xolesterin miqdori detsilitr qonda 29,2 milligramm, ya’ni boshqalarnikidan ko‘ra kamroq bo‘lishini ko‘rsatdi, deb xabar beradi The Daily Mail nashri.
Go‘sht iste’mol qiluvchilar go‘shtsiz parhezga o‘tish orqali xolesterin miqdorini detsilitr qonda 12,5 milligrammga tushirishi mumkin. Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, vegetarianlar sabzavot va mevalarni ko‘p yeydi. Bu mahsulotlar tarkibida eruvchi ozuqa tolalari, soya oqsili, fitosterol ko‘p, to‘yintiruvchi yog‘lar esa kam. Shuning uchun vegetarianlarda xolesterin darajasi past bo‘ladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.