Qanday qilib boshqalarning fe’l-atvoriga ijobiy ta’sir o‘tkazish mumkin?

Mutaxassislarning fikricha, insonning fe’l-atvori yaxshi tomonga o‘zgarishi uchun unga ijobiy misollarni ko‘rsatib berish kerak. Salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan odatlarni shunchaki ma’qullamaslik esa insonni teskari harakat qilshiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ekseter universiteti olimlari jami 221 kishi qatnashgan uchta tadqiqot ma’lumotlarini tahlili qilishdi. Ba’zi ishtirokchilarga plakatlar ko‘rsatildi. Ularda ishtirokchilarning 70 foiz tengqurlari birgalikda ichkilik ichishga qarshi ekanligi va 65 foizi ziyofatlarda ichmasligi haqidagi ma’lumot yozilgandi.

Shundan so‘ng qatnashchilar so‘rovnomalarni to‘ldirishdi. Spirtli ichimliklarni birgalikda ichishni ma’qullamaslik haqidagi axborot ishtirokchilarda xuddi shu taxlitda ichishga moyillik uyg‘otgani ma’lum bo‘ldi. Boshqalarning ziyofatlarda ichkilik ichmasligi to‘g‘risidagi ma’lumot esa bu taxlitda alkogol ichish xavfini kamaytirdi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Dorivor damlamalar – ham ichimlik o‘rnida, ham shifo

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: