Insonning o‘zini past baholashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan odatlar
O‘ziga baho berish bilan bog‘liq muammolar tortinchoqlik, ishonchsizlik, jamoaga qo‘shila olmaslik kabi boshqa muammolarni ham yuzaga keltiradi. Quyida ko‘rsatilgan odatlar insonning o‘zini past baholashiga sabab bo‘lishi mumkin.
- O‘zini boshqalar bilan taqqoslash va ularni o‘zidan yuqori ko‘rish. Bu usul orqali, o‘zimiz to‘g‘rimizdagi haqiqatlarni bilib ololmaymiz.
- Raqobat qilish. Kimdandir yaxshiroq bo‘lishga qattiq tirishish o‘zimizni boshqalardan ko‘ra yomonroq his qilishimizga sabab bo‘lishi mumkin.
- Umid qilish. O‘zimizga ishonishdan voz kechib, umid bilan nimanidir kutib yashaymiz, lekin ba’zan nimani kutayotganimizni ham bilmaymiz.
- O‘z manfaati yo‘lida boshqalardan foydalanish.
- Maqtovga intilish. Agar o‘z qadrimizni bilmasak, obro‘-etiborning ortidan quvishimizga to‘g‘ri keladi. Bu esa istagan narsamizga erishishimizga olib kelmaydi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.