Xitoylik olimlar kasallikni eng yuqori tezlik va aniqlikda diagnoz qiluvchi tizimni yaratishdi

Xitoylik olimlar insondagi kasalliklarning butun yig‘indisini aniqlab beruvchi robotlashtirilgan tizimni ishlab chiqdi. Ushbu kompyuter bemorning simptomlarini tahlil qiladi. Keyin diagnoz qo‘yib, eng ma’qul davolash usulini taklif qiladi.

Kompyuter amalga oshiradigan diagnoz aniqligi standart diagnostika usullariga qaraganda 20 foiz yuqori. Uning qo‘llanilishi quyidagicha: kompyuter bemordagi alomatlarni tekshiruvdan o‘tkazadi va darhol diagnoz qo‘yadi, vrach esa diagnozni tasdiqlashi kerak, xolos.

Sistema 4,8 soniya ichida 100 nafar bemorga 98 foiz aniqlikda diagnoz qo‘yishga qodir ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, u davolashning eng yaxshi usulini ko‘rsatib beradi. Unga 10 milyonta kasallik tarixining ma’lumotlari joylashtirilgan. 30 ta qo‘shimcha kasallikni (masalan, sil yoki depressiya) aniqlash uchun maxsus qolip yaratilgan. To‘plangan axborotlar tahlilidan tashqari, tizim o‘zi tajriba orttirib boradi va mustaqil ravishda rivojlanadi. Dastur har ikki haftada yangi kasalliklarni aniqlash uchun ma’lumotlarni o‘rganib boradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Niderlandiyada uchar avtomobillarga buyurtma olina boshlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: