Olma – tetiklashtiruvchi meva

  • Olma dunyodagi eng ko‘p yetishtiriladigan meva hisoblanadi. Uning 7500 dan ortiq turi mavjud.
  • Olma bog‘lari Yerning deyarli besh milyon gektar hududini egallaydi. Mevali daraxtning har ikkitasidan birini olma tashkil qiladi.
  • O‘rtacha olmada 80 kaloriya bo‘ladi. Uning tarkibida yog‘, natriy va xolesterin yo‘q.
  • Olmani po‘sti bilan yegan ma’qul, chunki barcha foydali moddalar po‘st ostida yig‘iladi. Olma po‘chog‘ida ovqat hazm qilinishini yaxshilovchi sellyulozalar ko‘p.
  • Olma qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
  • Yashil olma suyak va tishlarni mustahkamlashda, shuningdek, saratonning oldini olishda yaxshi foyda beradi.
  • Immunitetni ko‘tarish va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda sariq rangdagi olmalar tavsiya etiladi.
  • Qizil olma xotira va yurak faoliyatini yaxshilaydi, ba’zi turdagi saraton kasalliklarining oldini oladi.
  • Arxeologlar olmaning 6500 yil oldin o‘stirilganini isbotlashgan.
  • 80 ta rasmiy gerbga olma surati tushirilgan.
  • Pekinda o‘tkazilgan festivalda rekord narxdagi ulkan olma sotilgan. Uning og‘irligi 600 gramm bo‘lib, 69 ming yuan yoki 10,2 ming dollarga baholangan.
  • Shirin navli olmalarni gastrit va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchilar yehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerak. Ko‘p hollarda ularga olma yeyish tavsiya etilmaydi.
  • Kesilgan joyi darrov to‘q tusga kiruvchi olma eng yaxshi olma sanaladi.
  • Olma hajmi qancha kichkina bo‘lsa, tarkibida vitamin va elementlar shuncha ko‘p bo‘ladi.
  • Olma – tetiklashtiruvchi meva. Bir dona olma bir stakan kofening o‘rnini bosa oladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  SOG‘LOM BOLA DASTURXONI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: