Quloqchin – sog‘liq uchun zararli

Uning g‘ilofiga mutaxassislar «Quloqchin – sog‘liq uchun zararli» deb yozishni taklif qilishmoqda.

Axborot texnologiyalari butun dunyoni egallab, o‘z ta’sirini o‘tkazayotganligi sir emas, albatta. Metroga tushasizmi, avtobusda bo‘ladimi, bekatdami, taksidami, buni ham qo‘ying, dasturxon atrofida jamuljam oila a’zolarining kichigidan tortib kattasigacha telefonga tikilgan.

Ota-onalar endigina qadam tashlayotgan bolasining sensorli telefonning kodini ochib, turli o‘yinlar o‘ynayotganidan xursand. Chunki farzandi o‘z aqlini tanimasa-da, telefonni boshqara olayapti. Bu uning kelajakda zukko bo‘lishiga ishora deb hisoblashmoqda. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor-da. Telefon tarqatayotgan nur hali endigina jismonan shakllanayotgan bolaning miya faoliyatiga zarar keltiradi. Buni ota-onalar hisobga olmaydilar ham. Ayrim yoshlar orasida dasturxon atrofida o‘tirganda hatto, nima ovqat yeganini bilmaydigan “mukkasidan ketganlar” juda ko‘p topiladi. Bu haqda qiziqchilar ko‘p va xo‘p hangomalar to‘qishdi.

Yaqinda avtobusda bo‘lgan voqeani ko‘rib juda hayratlandim. O‘rindiqqa suyanib olgan yoshgina qiz, telba-teskari qiliqlar qilib, raqsga tushadimi-ey, qo‘shiq aytadimi-ey, xullas, u hammaning diqqat-e’tiborida. Qanday qilib, hech qanday musiqasiz ham raqsga tushish mumkin, deb kuzatib tursam, u quloqchin taqib olgan ekan. Kimdir kuldi, kimningdir ensasi qotdi. Ammo shu qizga tanbeh berib, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan biror inson topilmadi oramizda.

Mutaxassislarning fikricha, musiqa tinglash yaxshi, albatta. Chunki u ruhiy emotsional holatimizni o‘zgartirishga qodir vositadir. Kimningdir tushkun kayfiyatini yaxshilasa, kimningdir stress holatini ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Biroq, musiqa tinglashning o‘z me’yori va joyi bor. Aytmoqchimanki, ko‘cha, avtobus, metro va boshqa transportlarda quloqchin orqali musiqa tinglash salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi tabiiy. Quloqchinlar taqilganida atrofga nisbatan diqqat-e’tibor yo‘qoladi. Chunki ularning diqqati musiqaga qaratilgan bo‘ladi. Yoki ularning o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolishlarini kuzatish mumkin. Shuningdek, doimiy ravishda quloqchinlar orqali musiqa tinglash insonda ruhiy zo‘riqishga olib keladi. Har bir hodisaga jizzakilik bilan munosabatda bo‘lish, tez charchash kabi holatlar kuzatiladi.

Shu bilan birga tibbiyot xodimlarining fikricha turli audio pleerlar va telefonlardan quloqchin orqali qo‘shiqlar tinglash aksariyat yoshlarning quloq kasalligiga chalinishiga olib kelmoqda. Bu dunyoni o‘ylantirayotgan xastalik desak yanglishmaymiz. Har qanday 80 detsibeldan yuqori shovqin quloqning ichki pardalarini zararlaydi. Quloqchin taqilganda juda baland tovushda yangrayotgan musiqa quloqqa yaqin joyda bo‘lganligi sababli, uni zararlamay qo‘ymaydi. Vaqt o‘tishi bilan u bosh aylanishi, quloqning shang‘illashiga va oxir-oqibat karlikka olib keladi. Jahon mamlakatlarida o‘tkazilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra karlik asosan yoshlarda ko‘proq kuzatilmoqda.

Yana o‘qing:  Kelajakni qaysi alifboda quramiz?

Xorijda jamoatchilik oldida quloqchinlar taqish va shunday ko‘rinishda yurish hurmatsizlik va sharmandalik sanaladi. Hattoki, mutaxassislar quloqchinlarning zarari haqida quloqchin qutilariga “baland tovushda musiqa tinglash sog‘liq uchun zararli” deb yozib qo‘yish talabi bilan chiqmoqdalar.

Darhaqiqat, har ishda me’yor bo‘lgani yaxshi. Ammo yoshlarimiz bugun bunday imkoniyatdan chegarasiz foydalanmoqdalar. Yaxshiyamki, mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra piyodalar o‘tish joyidan telefonda gaplashish ta’qiqlanib, mazkur holat bo‘yicha maxsus me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritildi. Endilikda esa har birimiz oilamizda yaqinlarimizning telefondan foydalanish madaniyatini shakllantirishiz muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.

Go‘zal SALIMOVA,

Toshkent islom universiteti talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: