Insonning o‘ziga past baho berishi hayotga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

O‘zini past baholash inson hayotida ko‘plab muammolarni yuzaga keltiradi. Psixologlar fikricha uning kelib chiqishi bolalik davriga borib taqaladi.

Sabablari:

  • Ota-onalarning e’tiborsizligi yoki o‘ta qattiqqo‘lligi.
  • Ota-onalarning farzandidan yuqori natijalarni kutishi. Bu bolada “etarlicha yaxshi” emasligi haqida fikr paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
  • Boshqa bolalarning doimiy masxaralashi.
  • Adovatli muhitda bo‘lish.

Belgilari:

  • O‘z fikrlariga to‘liq ishonmaslik.
  • Qiyinchilikdan qo‘rqish, uni yenga olmayman deb o‘ylash.
  • Atrofdagilarga qaraganda o‘ziga jiddiyroq munosabatda bo‘lish.
  • Bezovtalik hissini boshdan o‘tkazish va arzimas narsalar haqida juda ko‘p o‘ylash.
  • Qancha ish qilinsa ham, undan ko‘ngli to‘lmaslik.

O‘zini past baholashning uzoq davom etishi depressiyaga olib keladi. Shuningdek, bu holat insonni rahbarlar bilan bo‘lgan suhbat va taqdimotlarda jim o‘tirishga majbur qiladi. Natijada u qobiliyatlarini oxirigacha ko‘rsatib berolmaydi. Kompaniya boshliqlari xodimning shunchaki tortinchoq ekanini doim ham tushunavermaydi va bunday ishchini uquvsiz deb hisoblashi mumkin.

O‘zini past baholashdan saqlanish uchun birinchi navbatda muammolarni anglashingiz va o‘zingizni boshqalardan ko‘ra qobiliyatsizdek his qilgan paytingizda bu fikrni qaytarishingiz kerak. Ikkinchidan o‘zingiz amalga oshira oladigan va sizga quvonch keltiradigan ishlarni bajarishingiz zarur.

Lekin bulardan ko‘ra malakali psixologga uchrashib muammolarning yechimini birgalikda hal qilganingiz ma’qul.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Teri parvarishida tabiiy vosita

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: