Kam uxlaydigan bolalarda diabet rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi

Olimlar kam uxlaydigan bolalar 2-turdagi diabet kasalligiga moyil bo‘lishini aniqladi. Bolalardagi qo‘shimcha uyqu vazn kamayishi, muskullar hajmining kattalashuvi va qondagi glyukoza miqdori kamayishi bilan bog‘liq, deb xabar beradi The Daily Mail nashri.

Yangi tadqiqotda 9–10 yoshlardagi 4525 nafar bola qatnashdi. Ular uyqu tartibi haqidagi savollarga javob berdi. Shuningdek, olimlar diabetning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar bo‘yicha o‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvi natijalarini ham tahlil qildi. Maktab vaqtida bolalar o‘rtacha 10,5 soatdan uxladi. Ishtirokchilarda uyqu davomiyligi 8 soatdan 12 soatgacha o‘zgarib turdi.

Tadqiqot natijasida, boshqalardan ko‘ra kam uxlagan bolalarda insulinga ta’sirchanlik ko‘proq kamaygani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, ularda vazn ortishi kuzatildi. Ya’ni, kam uxlaydigan ishtirokchilarda 2-turdagi diabet rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ldi. Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, salomatlik bilan bog‘liq muammolardan saqlanishi uchun bolalar 6 yoshidan 12 yoshigacha 9–12 soat uxlashi kerak.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Kuchli baqirish og‘riqni qoldiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: