Pomidor haqida qiziqarli ma’lumotlar

  • “Pomidor” so‘zi italyan tilida “oltin olma” degan ma’noni anglatadi.
  • XVI asr o‘rtalarida pomidor Yevropaga olib kelingan, lekin odamlar uni uzoq vaqtgacha iste’molga yaroqsiz, ba’zilar hatto zaharli deb hisoblagan. Bog‘bonlar uni ziynat beruvchi o‘simlik sifatida o‘stirishgan.
  • Dastlabki pomidor ishlatiladigan Yevropa ovqatlari retsepti 1692 yili Italiyaning Neapol shahrida nashr qilingan.
  • Pomidor – juda foydali mahsulot. Uning tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan sellyuloza, V guruhidagi vitaminlar, S vitamini, foliokislota, kaliy, natriy, fosfor, magniy, kalsiy, temir va boshqa elementlar ko‘p.
  • Pomidorning alohida xususiyatlaridan biri tarkibidagi xolin birikmasidir. U qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, yangi gemoglobinlarni paydo qiladi va immunitetni mustahkamlaydi.

  • Pomidor tomiri yer ostiga 1 metr, eniga 1,5 – 2,5 metrgacha o‘sib boradi. Uning poyasi 2 metrgacha yetishi mumkin.
  • Ba’zi pomidorlarning og‘irligi bir kilogrammdan ortadi. Dunyodagi eng yirik pomidor 2,9 kilogramm. U AQSHda yetishtirilgan.
  • Eng ko‘p oziq moddalari qurutilgan pomidor tarkibida yig‘iladi. 1 kg qoqi olish uchun, 8–14 kg gacha yangi pomidor kerak bo‘ladi.
  • Dunyo bo‘yicha pomidorning 10000 ga yaqin turi bor.
  • Pomidorning pushti, sariq, qora tusdagi navlari ham bor.
  • Yer yuzida har yili 60 milyon tonnadan ziyod pomidor yetishtiriladi.
  • Pomidorning taxminan 95 foizi suvdan iborat.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Robot-jurnalist gazetada ishlamoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: