“Bo’lar bola boshidan…”

“Umidli sportchilar” tanloviga

Surxondaryo azaldan polvonlar yurti. Kuragi yerga tegmagan, nafsidan nomusi ustun alplar va bahodirlarni voyaga yetkazgan manzil. Demakki, bugun ham ularning avlodlari maydonda bobolardan meros oriyatni ko’ksida tutib, qudrati-yu aql-zakovatini namoyon etmoqda.

Kuni kecha «Qumqo’rg’on» temir yo’l vokzalida qiziriqlik ana shunday bir guruh sportchi bolalarni ota-onalari va yaqinlari yuksak quvonch bilan kutib oldilar.

Qozog’iston Respublikasining Chimkent shahrida sportning kung-fu turi bo’yicha Qozog’iston Respublikasi ochiq chempionatida 7 nafar yosh sportchilarimiz g’oliblik shohsupasidan joy oldi.

23 kg. vazndagi sportchilar o’rtasida Qodirbek Boyto’rayev, 28 kg. vaznda Navro’zbek Choriyev, 30 kg. vaznda Shohruh Berdiyev, 40 kg. vaznda Maradonna Poyonov, 60 kg. vaznda Asqarbek Sattorovlar 1-o’rinni egallagan bo’lsa, Javohir Qobilov va Ulug’bek Allayorovlar shohsupaning 2-pog’anasidan joy oldi.

– Bu muvaffaqiyatlarimiz mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlarning mahsulidir, – deydi sport murabbiysi Anvar Mirzayev. – Mazkur sport turi bilan Qiziriq tumanida 200 nafardan ziyod yoshlar shug’ullanadi.

Chempionatda ishtirok etgan sportchi yoshlarimiz har qanday sportchiga munosib, kuchli raqib bo’la olishlarining isboti sifatida joriy yilning 17-25 iyul kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan kung-fu bo’yicha jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Ishonamizki, oldinda turgan ushbu nufuzli musobaqalarda ham yurtimiz ertasi – sportchi yoshlar g’oliblikni qo’lga kiritib, O’zbekiston bayrog’ini baland ko’taradilar.

Sarvar Ishoqov,

Surxondaryo viloyati

Яна ўқинг:  МАЪНОЛАР ХАЗИНАСИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: