Aql tishlari nima uchun kerak?
Ko‘pchilik stomotologlarda aql tishlari turli kasalliklarga sabab bo‘ladi, ularni oldirib tashlagan yaxshiroq, degan fikr mavjud. Lekin amerikalik olimlar yaqinda tekshiruvlar orqali ushbu fikrning noto‘g‘ri ekanini isbotladi.
Aql tishlari og‘iz bo‘shlig‘ining chuqur nuqtasida joylashgan. Ular o‘smirlik yoshining oxirida yoki yigirma yoshlar atrofida o‘sib chiqadi.
Doktor Ueston Prays og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi va kasalliklari bo‘yicha tadqiqot olib bordi. U an’anaviy parhezlarga amal qiluvchi ba’zi odamlarning tishlari kariyesdan butunlay holiligini aniqladi.
Doktor uzoq tekshiruvlardan so‘ng tishlarning sog‘lomligi ovqatlanish bilan chambarchas bog‘liq degan xulosaga keldi. Tish doktorlari bu kashfiyotni amalda sinab ko‘rdi – agar o‘sish vaqtida oziq moddalari yetarlicha iste’mol qilinsa, barcha tishlar sog‘lom bo‘ladi.
Tish – tana bilan bog‘liq tirik organ. An’anaviy Xitoy tibbiyoti tish bilan tomirlar, umurtqa, organlar va ichki sekretsiya bezlari o‘rtasida muhim aloqalar borligini ko‘rsatdi.
Masalan, igna bilan davolash meridianiga ko‘ra, aql tishlari ingichka ichak va gipofiz (miya ostidagi, o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki sekretsiya bezi) bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarga qaraganda, harakatlantiruvchi va sezuvchan nervlarning 46 foizi og‘iz va yuz qismiga aloqador. Shuning uchun aql tishlarini olib tashlash sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.