Farzandingiz nazoratingizdami?

Polvonzoda maktabda a’lo baholarga o‘qir edi. Lekin oilasidagi e’tiborsizlik tufayli 16 bahorni qarshilagan o‘smir dastlab o‘qishni susaytirdi, keyinchalik tarbiyasida nuqsoni bo‘lgan tengdoshlariga qo‘shilib, to‘g‘ri yo‘ldan ham adashdi. Uning ko‘chada mayda bezoriliklar bilan shug‘ullanib yurgani mahalla profilaktika inspektorining nazoratidan chetda qolmadi.

Shayxontohur tumanining Ko‘kcha mahallasida profilaktika kuniga bag‘ishlangan tadbirda 2001 yilda tug‘ilgan Polvonzoda Jumayev va 1997 yilda tug‘ilgan Andrey Kolobovning sodir etgan jinoyati muhokama etildi.

Tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining ma’lumot berishicha, joriy yilning 11 avgust kuni taxminan tungi 03:00 dan 03:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ikkala o‘smir o‘zganing mol-mulkini yashirin talon-taroj qilish maqsadida jinoyatga qo‘l urgan. Ular Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Kamoliddin Mahkamovga tegishli davlat raqami 01 A 655 YA belgili «Spark» rusumli avtomashina old eshigi qulfini buzib, mashina ichidan buyumlar izlayotgan paytda tuman ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan haftaning payshanba kunlari o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari hududlarda osoyishtalikni yanada mustahkamlashda yuksak samaralar bermoqda, – deydi Shayxontohur tumani IIB Oqtepa mahallasi profilaktika inspektori Abdug‘affor Nabiyev. – Buning natijasida tadbirda qatnashayotgan mahalliy aholi avvalo, farzandlari, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh urug‘larini sodir etilayotgan jinoyatlardan tegishli xulosa chiqarib, doimo hushyor va sergak bo‘lishga, o‘sib kelayotgan o‘g‘il-qizlarni bunday holatlardan uzoq bo‘lishga undamoqda.

O‘smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar profilaktika tadbiriga yig‘ilgan mahalla faollari, hudud aholisi va tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda tahlil etildi. Ularning ota-onasiga farzand tarbiyasi eng birinchi galdagi vazifalardan ekani uqtirildi.

Davron Sunnatov,

O‘zA

Yana o‘qing:  Xalqaro tibbiy hamkorlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: