Mamlakatimizda mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 21,5 milliondan oshdi

Bugun mobil telefonlari faqat so‘zlashuv manbai emas, ma’lumot almashish, internetga bog‘lanish, onlayn to‘lovlarni amalga oshirish, qayd daftari… Bu ehtiyoj mobil aloqa sifatini zamon talablariga monand yaxshilashni taqozo etmoqda. Albatta, mazkur jarayon mobil baza stansiyalari soni hamda ularning joylashuvi bilan bog‘liq. Keyingi paytlarda aholi o‘rtasida ushbu baza stansiyalarining zarari haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqaldi. Aslida qanday?

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida shu va boshqa masalalar muhokama qilindi.

“O‘zbekistonda mobil aloqa: muammo va yechimlar” mavzuida tashkil etilgan sessiyada O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.Shermatov, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, respublika bosh davlat sanitariya vrachi S.Saidaliyev, “Uzmobile” kompaniyasi direktori V.Kravchenko, “UMS” kompaniyasi bosh direktori S.Faxrutdinov, “Unitel” MCHJ bosh direktori D.Shukov va “Ucell” kompaniyasi bosh direktori T.Gryunberg jurnalistlar va fuqarolarning onlayn savollariga javob berdi.

Texnologiyalar jadal rivojlanishi natijasida mobil aloqa xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Xalqaro elektraloqa ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, yil oxiriga qadar jahonda mobil internet foydalanuvchilari soni 4,3 milliardga yetishi ehtimol qilinmoqda.

2016 yil mamlakatimizda mobil aloqa baza stansiyalari soni 16,2 mingta bo‘lsa, ayni kunlarda 18 ming 690 tani tashkil etmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan reja bo‘yicha joriy yilda 1 ming 843 baza stansiyasini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Mobil aloqa baza stansiyalarining zarari bor-yo‘qligi haqidagi savolga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada mutaxassislar aniq va ishonchli tahlillarga asoslanib fikr bildirdi. Baza stansiyalari inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Ionlashtirmaydigan nurlanishlardan himoyalash bo‘yicha xalqaro komissiya, Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti kabi xalqaro nufuzli tashkilotlar tomonidan elektromagnit to‘lqinlarining inson salomatligiga ta’siri uzoq yillar mobaynida o‘rganib kelinadi. Tadqiqotlar natijalari asosida milliy va sanoat standartlari, me’yorlarini ishlab chiqishda qo‘llash uchun elektromagnit nurlanishlarning chegaraviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

2006 va 2011 yillarda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan rasman e’lon qilingan bayonotlarda mobil aloqa baza stansiyalari va mobil telefonlardan tarqayotgan to‘lqinlardan hosil bo‘lgan elektromagnit maydonining inson salomatligiga ta’siri o‘z isbotini topmagani qayd etilgan.

Yana o‘qing:  Go‘zallik va shijoat bahsi

Bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi va boshqa mas’ul tashkilotlar muntazam nazoratni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur markaz xulosasi ham baza stansiyalarining zararsiz ekanligini tasdiqlaydi.

Xalqaro press-klub sessiyasida mobil operatorlari rahbarlari sohaga doir yangiliklar, istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berdi.

Ulug‘bek ASROROV,

O‘zA muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: