Yangi kashfiyot soch to‘kilishiga qarshi dorilarni ishlab chiqishda yordam beradi

Kaliforniya universiteti olimlari soch follikullarining naychali hujayralarini faollashtirishning yangi usulini topdi. Bu kashfiyot soch to‘kilishiga qarshi dorilarni ishlab chiqishda yordam berishi mumkin, deb xabar beradi UPI.com sayti.

Soch follikullarining naychali hujayralari faqatgina yangi sochlarning o‘sishi boshlanganda faollashadi. Agar bu mexanizm buzilsa, soch to‘kilishi boshlanadi. Ushbu hujayralarning moddalar almashinuvi boshqalarinikidan shunisi bilan farq qiladiki, hujayralar qon oqimidan dastlab glyukoza, undan esa piruvat moddasi olib, keyin uni mitoxondriyaga jo‘natadi.

Mutaxassislar sichqonlarda tajriba o‘tkazdi. Kemiruvchilardagi laktat (sut kislotasi tuzi) ishlab chiqarilishi to‘xtatib qo‘yildi. Shundan so‘ng soch follikullarining naychali hujayralari faollashmadi. Keyin olimlar jonivorlardagi laktat miqdorini ko‘paytirdi. Bu o‘z navbatida soch follikullarining naychali hujayralari faoliyatini kuchaytirdi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Olimlar “vaqt mashinasi” yasash mumkinligini matematik jihatdan asoslab berdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: