Yurtimizdagi e’tiborsizlik tufayli qarovsiz holga kelib qolgan madaniy maskanlar haqida tanqidiy ko‘rsatuv namoyish qilindi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri “Koba maqom markazi”da “O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari va unda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan tashkillashtirildi.
Muloqot davomida, Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida joylashgan, e’tiborsizlik tufayli qarovsiz holga kelib qolgan madaniy maskanlar haqidagi tanqidiy ko‘rsatuv namoyish qilindi. Hamda tegishli viloyat hokim o‘rinbosarlariga mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish borasida ko‘rsatmalar berildi. Buxoro va Shahrisabz shaharlari haqida olingan maxsus video rolik yig‘ilganlar olqishiga sabab bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Q.Qurbonboyev, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov, Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari O.Nazarbekov, respublikaningbarcha viloyatlaridan tashrif buyurgan viloyat hokimi o‘rinbosarlari va forum ishtirokchilari qatnashdi.
Xurshida Husenova,
Shahrisabz