Gripp vaqtida ta’siri kuchli antibiotiklarni qabul qilish xavfli

Amerikalik va rossiyalik olimlar Clostridium orbiscindens ichak bakteriyalari organizmga gripp virusiga qarshi kurashda yordam berishini aniqladi. Sichqonlarda sinalgan tajribalardan ma’lum bo‘ldiki, organizmida ushbu bakteriya ko‘p bo‘lgan jonivorlar gripp virusidan kamroq halok bo‘ldi, bakteriyasi kam hayvonlar esa ko‘proq nobud bo‘ldi.

Gripp bilan kasallangan birinchi guruhdagi sichqonlarga ovqat bilan birga antibiotik berildi, ikkinchi guruhga esa berilmadi. To‘qimalardagi virus miqdori hamma jonivorlarda teng bo‘lishiga qaramasdan, birinchi guruhdagi sichqonlarda kasallik og‘irroq kechdi.

Tekshiruvlar orqali ikkinchi guruhdagi jonivorlarda birinchi tipdagi interferon miqdori ko‘proq ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. U normal immunitetning qarshi harakatini kuchaytiradi. Immunitet qarshiligisiz organizm gripp virusidan deyarli himoyalana olmaydi, deb xabar beradi Science jurnali.

Yuqoridagi holat birinchi tipdagi interferon sintezlanadigan moddalarni parchalovchi ichak bakteriyalari faoliyati bilan aloqadorligi ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi guruhdagi sichqonlarning ichaklarida Clostridium orbiscindens bakteriyalari topildi. Ular ovqatdagi flavonoidlarni samarali parchalaydi.

Gripp vaqtida ta’siri kuchli antibiotiklarni qabul qilish ichaklardagi bakteriyalarga ziyon yetkazishi mumkin. Buning oqibatida grippdan so‘ng ko‘pincha xatarli asoratlar qolishi ehtimoli ortadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Buruningiz bitayaptimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: