Chivin – xavfli kasalliklarni tashuvchi hasharot

  • Chivinning o‘n mingga yaqin turi bo‘lib, ular yer yuzining Antarktidadan tashqari barcha hududida uchraydi.
  • Qon so‘ruvchi chivinlar 1–2 oy umr ko‘radi. Bu guruhdagi hasharotlarning erkagida so‘ruvchi igna bo‘lmaydi, ular nektar bilan oziqlanadi.
  • Urg‘ochi chivinlar qonni so‘rishdan oldin teri ostiga so‘lagini kiritadi, bu qon ivishiga to‘sqinlik qiladi. Hasharotning so‘lagi qichima, shish, chaqilgan joyning qizarishiga, ba’zi holatlarda jiddiy allergik reaksiyalarga sabab bo‘ladi.
  • Chivinlar o‘z vaznidan 5–7 marta ko‘proq qon icha oladi.
  • Qonxo‘r chivinlar tanasining uzunligi 8 mm dan oshmaydi, uzun oyoqli chivinlarning bo‘yi esa 200 mm gacha yetishi mumkin.
  • Chivinlar sekundiga 594 martadan ortiq qanot qoqadi.
  • Chivin tuxumi oqmaydigan suvda rivojlanadi, ulardan lichinkalar paydo bo‘ladi. Lichinkalar havodan navas olgani uchun suv yuzasiga chiqadi. Ular to‘rt marta po‘st tashlagandan so‘ng g‘umbakka, yana bir necha kundan keyin chivinga aylanadi.
  • Chivin xavfli kasalliklarni tashuvchi hasharot hisoblanadi. Bu kasalliklardan faqat bezgak yiliga ikki millionga yaqin odamning o‘limiga sabab bo‘ladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Tejamkorlik – tadbirkorlik asosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: