Salomatlik darsi
Sog‘lom turmush tarzi borasida zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida maktablarda «Salomatlik darslari» yo‘lga qo‘yilmoqda.
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 110-maktabning 6-«A» sinfida o‘qituvchi Nozima Ismoilova tomonidan ochiq darslar tarzida o‘tkazilgan mashg‘ulot juda qiziqarli bo‘ldi. Unda o‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan devoriy gazeta va qo‘llanmalardan foydalandilar. Dars davomida namoyish etilgan “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg‘armasi”ning video tasmalari va turli slaydlar bolalarga salomatlik haqida keng va batafsil ma’lumotlar olishda ko‘maklashdi. .
– O‘quvchilarga sanitariya-gigiyena qoidalarini yanada yaxshiroq tushuntirish uchun maktab hamshirasi har bir sinfda alohida mashg‘ulotlar olib boradi. Eng asosiysi, bu tushunchalarni yoritishda o‘quvchilarning o‘zi faol qatnashishi katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari maktabimizda turli sport to‘garaklari ishlab turibdi, – deydi faxr bilan maktab direktori Gulnora Yusupova.
Zahro HASANOVA