Tashabbuskor yoshlar

Xayru saxovatning o‘lchovi bo‘lmaydi. Samarqand shahridagi Siyob sport pedagogika kollejining 312-guruh talabalari ustozi Nafisa Otaboyeva rahbarligi ostida jajji bolajonlar uchun bejirim va chiroyli kiyim-kechaklar tikib, Samar­qand shahridagi 9 — «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilarining bir guruh bolajonlariga tuhfa etishdi.

Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Muhayyo Aslamova, Oqsoqollar kengashi raisi O‘ktam Hojiyev, guruhlar rahbarlari kengashi raisi Dilorom Xudoyberdiyeva, “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Guli Rahimovalar kabi fidoyi insonlar “Mehribonlik uyi”ning 5-6-guruhlarida tarbiyalanuvchi bolalarni bir dasturxon atrofiga jam qilishib bayram kechasini tashkil etishdi. Bayram shirinliklarsiz tatimas deganlaridek, bolajonlarga shirinliklar ulashildi. «Mehribonlik uyi» direktori Nodira Raboyeva kollej o‘quvchilariga, ularning ota-onalariga, ustozlariga chuqur minnatdorchilik bildirib, bunday e’tibor va xayr­li ishlar hamisha bolalar ko‘nglini tog‘dek ko‘tarishini ta’kidlab, mehr-oqibatli va tashabbuskor yoshlarning kelajakdagi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Islom XUDOYQULOV

Yana o‘qing:  FOND faoliyatidan (2014/29)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: